«PSJ» himoyachisi Nunu Mendesh jarohat olib, davolanishga yuborildi. Frantsiya chempionining rasmiy saytida tegishli xabar e'lon qilindi.
«Nunu Mendesh o'ng sonidagi jarohatni «Strasburg»ga qarshi o'yinda oldi va yaqin haftalarda maydonga tusha olmaydi», - deya xabar berdi parijliklarning matbuot xizmati.
Shunday qilib, Nunu Mendesh 3-tur Chempionlar ligasi doirasida «Barselona»ga qarshi bo'ladigan o'yinda «PSJ»ga yordam bera olmaydi.
Mendesh dunyodagi eng qimmat chap himoyachi hisoblanadi. Uning qiymati Transfermarkt portalida 80 million evro deb baholangan.
Shanba kuni «PSJ» «Strasburg»ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
