«Tuluza» darvozaboni Giyom Rest o'z karerasida jiddiy qadam qo'yishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlariga ko'ra, futbolchiga poytaxt «PSJ» qiziqmoqda.

Parij klubi o'yinchini jamoani kuchaytirish bo'yicha uzoq muddatli strategiya doirasida kuzatmoqda.

Oldinroq matbuotda Giyom Restni Madridning «Real» klubi ham sotib olishni xohlayotgani haqida xabar berilgan edi.

Giyom 2013 yil yozidan beri «Tuluza» safida o'ynaydi. Rest va klub o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027/2028 mavsumi oxirida tugaydi. 21 yoshli darvozabonning transfer narxi 18 million evro deb baholanmoqda.

Zabarnyiy Safonovning «PSJ»dagi ajoyib o'yinidan so'ng bayonot berdi