«Pari Sen-Jermen»ning chap himoyachisi Nuno Mendes «Barselona»ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.

Portugaliyalik futbolchi shanba kuni «Strasburg»ga qarshi (3:1) bo‘lib o‘tgan Ligue 1 o‘yining ikkinchi bo‘limida maydonga tushdi, ammo o‘yinda noqulaylik his qildi. 24 yoshli futbolchining «ko‘k-qizil»larga qarshi o‘yinda ishtiroki savol ostida bo‘lgandi, ammo ko‘rinib turibdiki, jiddiy muammo yo‘q. RMC Sportga tayanib, jurnalist Reshad Rahmonning ma'lumotlariga ko‘ra, «PSJ» Mendesning holati haqida xavotirda emas: dastlabki tekshiruvlar hech qanday muammo ko‘rsatmagan.

Luis Enrike boshqaruvidagi jamoa 20-oktabr, seshanba kuni «Barselona»ni o‘z maydonida qabul qiladi.