«Pari Sen-Jermen» va Fransiya terma jamoasining qanot hujumchisi Magnes Akliush Luis Enrique va Zinedin Zidan boshchiligida ishlash tajribasi haqida fikr bildirdi.
«Bu ajoyib. Zidan va Enrique bilan mashg'ulot o'tkazish — bu juda hayratlanarli, alohida bir narsa. Tanaffus paytida ko'p yangi narsalarni o'rgandim — bu ham yaxshi», — dedi Akliush jurnalistlarga.
Hozirgi mavsumda 24 yoshli Akliush «PSJ» safida to'qqizta uchrashuvda ishtirok etdi, bir gol urdi va bir assist yozib oldi.
O'tgan xalqaro tanaffusda Akliush Fransiya terma jamoasi safida ikki uchrashuv o'tkazdi, lekin gol urish yoki assist berish bilan natija ko'rsatmadi.
