«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Usmon Dembele o'zining o'yin amaliyoti yetishmayotganidan shikoyat qilmoqda.
Paryajlar bosh murabbiyi Luis Enrique 29 yoshli futbolchiga muhim o'yinlarga tayyor bo'lishi uchun ko'proq dam olish imkonini berib turadi. L'Equipe xabariga ko'ra, Dembele bu vaziyatdan unchalik mamnun emas: fransuz o'zini «oddiy» uchrashuvlarda ko'proq o'ynashi kerak deb hisoblaydi, shunda u tonusini yo'qotmaydi va zarur bo'lganda 90 daqiqa maydonda to'liq kuch bilan harakat qilishi mumkin.
Hozirgi mavsumda Usmon Dembele «PSSJ» uchun barcha turnirlarda 7 o'yinda 2 gol urdi va 4 golli uzatma berdi.
