«PSJ» yarimhimoyachisi Vitinya jamoasi safida 212-o'yinini o'tkazdi. 26 yoshli futbolchi «Le Man»ga qarshi o'yinda 59-daqiqada maydonga tushdi va tez orada parijliklar ikki gol urib, 3:1 hisobida g'alaba qozondilar.

ParisSG INFOS ma'lumotlariga ko'ra, Vitinya portugallar orasida «PSJ» tarixidagi eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi bo'ldi. U ushbu ko'rsatkich bo'yicha taniqli sobiq hujumchi va mahalliy afsonaga aylangan Pedro Pauletni (211) ortda qoldirdi.

Vitinya 2022 yilning yozida «Portu»dan Parijning buyuk jamoasiga o'tdi. 212 o'yinda portugaliyalik futbolchi 27 gol urdi va 25 golli uzatma berdi.