«Pari Sen-Jermen»ning bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning qanot o'yinchisi Magnes Akliushni «Le Man»ga qarshi o'yindagi eng yaxshi o'yinchi deb atadi.

«Menimcha, bugun Magnes eng yaxshi edi — uning texnik va jismoniy mahorati tufayli. Men buni oldin ham bilardim, lekin u biz uchun yoqimli bir kutilmagan hodisa bo'ldi», — dedi Enrike o'yindan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida.

«PSJ» «Le Man»ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Akliush parijliklarning asosiy tarkibida maydonga tushdi va 68-daqiqada jamoaning uchinchi golini urdi.

Bu 24 yoshli hujumchining hozirgi mavsumda Fransiya chempionatida urgan birinchi goli. U hozirgacha barcha musobaqalarda sakkiz o'yinda ishtirok etib, bitta gol pas berdi.