«Monako» jamoasining murabbiyi Filippe Luis boshqa murabbiylardan ilhom olishini aytdi.
«Mening boshqa mutaxassislardan ilhom manbalarim bor. Men Xosep Gvardiola va Unai Emerini ajratib ko‘rsatishim mumkin. Biroq, men o‘z ish uslubimga ega bo‘laman. Hozircha men xohlagan darajaga yetmadik. Biz yanada ko‘proq mehnat qilishimiz kerak. Natijalarda taraqqiyotga erishishning yagona yo‘li shudir», - deydi 41 yoshli braziliyalik murabbiy getfootballnewsfrance orqali.
Beshta turdan so‘ng, «Monako» 13 ball bilan Liga 1 turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Monakoliklarga rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Gulovin xizmat qilmoqda.
