Hujumchi yarimhimoyachi Renn va Fransiya terma jamoasining o'yinchisi Esteban Lepolning faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirish imkoniyati mavjud. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga ko'ra, fransuz qanot o'yinchisini lisabonlik Benfika qo'lga kiritishga qiziqmoqda. «Qushlar» rahbariyati o'yinchini qo'lga kiritish uchun jiddiy harakatlar qilmoqda. «Renn» o'z futbolchisini 50-60 million evroga baholamoqda. Esteban Lepolning shartnomasi 2030 yilning iyun oyigacha davom etadi.
Hozirgi mavsumda Fransiya Ligi 1 da Lepol beshta uchrashuv o'tkazdi va uchta gol urdi (bittasi – penaltidan).
