«PSJ» ijtimoiy tarmoqlarda tabrik xabarini e'lon qildi. Frantsiyaning Liga 1 grandi Zlatan Ibragimovichni 45-yillik tug'ilgan kuni bilan tabrikladi.

«Tug'ilgan kuning bilan, Zlatan Ibragimovich!» - deya qayd etilgan parijliklarning xabarida.

O'z vaqtida Ibragimovich «PSJ»da 180 rasmiy o'yinda maydonga tushgan. Ushbu o'yinlarda shved futbolchisi 156 gol urib, 62 golga assistentlik qilgan. «PSJ»da Zlatan o'zining eng ko'p o'yin o'tkazgan klubidir.

«PSJ» tarkibida Zlatan Ibragimovich 12 ta sovrin, jumladan to'rt marta Fransiya chempioni unvonini qo'lga kiritdi.

Hozirda «PSJ» Fransiya chempionati jadvalida oltinchi o'rinda turibdi.