Fransiyaning «Troy» klubida shov-shuv: sport direktori Jozlen Blanchar haqida ichki klub tekshiruvi o'tkazilmoqda.

Derbyderbyderby.it saytining L'Est Eclair mahalliy gazetasiga asoslanib xabar berishicha, bu holat xodimlar tomonidan Blancharni jinsiy zo'ravonlikda ayblovchi ko'plab shikoyatlar tufayli yuzaga kelgan.

Ushbu shaxs iyul oyida klubga qo'shilgan, ya'ni ishini yangi boshlagan.

Manbaning ma'lum qilishicha, ushbu noqonuniy harakatlarning ba'zilarini «Stad de l’Ob» stadionining mehmondo'stlik zonasida bo'lgan odamlar ham ko'rgan.