«PSJ» futbolchisi Mika Godts, Parij klubining asosiy tarkibida joy yo'qligi uchun xavotir olmadi. 21 yoshli belgiyalik futbolchi o'tgan yozda «Ayaks»dan 45 million evro evaziga «PSJ»ga o'tdi.
Hozirgi kunda Godts bir marta ham asosiy tarkibda maydonga tushmagan va barcha musobaqalarda almashinish orqali 6 marta o'yinlarda ishtirok etgan. Uning hisobida bitta golli uzatma mavjud.
«Menda vaqt bor, menda vaqt bor. Murabbiy Luis Enrike va klub menga ishonishadi. Men tinchman. Bosim yo'q. Men juda tinchman va imkonim boricha harakat qilaman. Kichik bo'lishga, boshimni yo'qotmaslikka va mehnat qilishga harakat qilaman. Eng ko'p meni hayratga soladigan narsa, bu katta futbolchilar bir-biriga qanday yordam berishidir. Jamoada haqiqiy jamoaviy kuch bor», - dedi Godts DH Les Sports bilan bo'lgan intervyusida.
Kam o'yin amaliyotiga qaramay, futbolchi terma jamoada o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi. U yaqinda Italiya bilan bo'lgan o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushib, milliy jamoasi uchun birinchi golini urdi. Belgiya 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
