«PSJ» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usman Dembele «Oltin to'p» uchun kurashi haqida savolga javob berdi.

Dembele 2025 yilda «Oltin to'p»ni qo'lga kiritdi. Bir yil o'tgach, futbolchi yana ushbu nufuzli mukofotga da'vogarlik qilmoqda.

- Agar sizga bir dalil keltirib, jurni sizni tanlashga ishontirishingiz kerak bo'lsa, nima derdingiz?

- Men buni bilmayman, chunki men hech qachon o'zimi reklama qilmayman. Men o'zimni reklama qilmayman - hech qachon. 

Ko'rinib turibdiki, Usman Dembele Kilian Mbappe va Lamine Yamal bilan solishtirganda boshqacha yo'l tutdi. Ushbu futbolchilar avvalroq «Oltin to'p»ni yutishga loyiq ekanliklarini aytishgan.

«Oltin to'p» 26 oktabrda Londonda topshiriladi.