«Parij» Strasburgni 2:1 hisobida mag'lub etdi va Fransiya chempionatining beshinchi turida g'alaba qozondi.

Xonadon egalari 18-daqiqada oldinga chiqdi — Ilan Kebbal to'pni Strasburg darvozasiga yubordi. Tanaffusgacha parijliklar minimal ustunlikni saqlab qoldi.

Ikkinchi taymda «Parij» uchrashuvni nazorat qilishda davom etdi va 57-daqiqada farqni oshirdi. Ikkinchi gol muallifi Pablo Paji bo'ldi.

Strasburg oxirida oradagi farqni kamaytirdi. To'pni o'z darvozasiga Mamadu Mbo yubordi.

«Parij» 11 ochko to'pladi va Fransiya chempionatida ikkinchi o'ringa ko'tarildi. «Strasburg» (7) esa oltinchi o'rinda joylashgan.