«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karriq Jay-Jay Gabriyelning holati haqida fikr bildirdi.
15 yoshli futbolchi klubni tark etishga qaror qildi, bu haqda yaqinda ma'lum bo'ldi. Yevropaning yirik klublari, jumladan, Madridning «Real», «Barselona», «PSJ» va «Bavariya» uning ortidan quvmoqda.
«Bu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak, chunki bolaga atigi 15 yosh. Eng muhimi – uning farovonligini ta'minlash. Vaziyat shunday, lekin biz bu mavzuni ommaviy axborot vositalarida yoritishda ehtiyot bo'lishimiz kerak», – deb aytgan Karriq UtdDistrictga.
«Manchester Yunayted» iste'dodli hujumchini saqlab qolmoqchi, u, mish-mishlarga ko'ra, «Real»ga o'tishga tayyor.
