«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska 2023 yil yanvar oyida «Manchester Yunayted» bilan bo'lgan derbyda hakamlar xatosini eslatib o'tdi.
Mareskaning izoh berishiga sabab bo'lgan voqea yaqinda jamoalar o'rtasida bo'lib o'tgan bahsda yuzaga keldi. Yakshanba kuni «Old Trafford»da bo'lib o'tgan derbyda «Manchester Yunayted»ning g'alaba golini VAR xatosi asosida hisobga olindi. Angliya hakamlarining professional qo'mitasi xatoni tan oldi va «Manchester Yunayted»ga rasmiy kechirim so'radi.
Uch yil oldin bo'lib o'tgan derbyda «Manchester Yunayted» hisobni tenglashtirgan golni Bruno Fernandes kiritdi, ammo Marcus Rashford ofsaydga tushib, vaziyatga ta'sir ko'rsatgan edi.
«Uch yil oldin, men bu yerda bo'lganimda, xuddi shunday voqea ro'y berdi. Biz derbyda yutqazdik. Gol hisobga olinmasligi kerak edi, eslayapsizmi? Hech kim kechirim so'ramadi. Biz hali ham o'sha gol uchun kechirim so'rashni kutyapmiz», - deydi murabbiy Goal'ga bergan intervyusida.
Derbida g'alaba qozongan «shaharchilar» hozirda turnir jadvalida 12 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
