Vinger Rafinyo «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin – katalon klub allaqachon tegishli ishlarni olib bormoqda. Biroq, yulduzli braziliyalikda karerasini davom ettirish uchun boshqa variantlar ham mavjud.
El Nacionalning Globo Esporte manbalariga tayanib xabar berishicha, Rafinyo bilan «Chelsi», «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Al-Hilol» klublari qiziqmoqda. Ushbu klublar braziliyalikka hozirgi 16 million evrodan (soliq to'lashdan oldin) ancha yuqori maosh taklif qilmoqda.
Rafinyo «Barselona»da baxtli, lekin u o'zining maqomini tan olishni va moliyaviy shartlarini yaxshilashni xohlaydi.
Oldinroq xabar berilganidek, «Barselona» Rafinyo maoshini oshirishga tayyor ekanligi haqida ma'lumotlar mavjud.
