Londondagi «Chelsi» «Xall Siti» bilan ingliz chempionatining navbatdagi turida 2:2 hisobida durang o'ynadi. Bu «Chelsi» uchun chempionat doirasida 20-marta ketma-ket gol o'tkazishidir. «Pensionerlar» oxirgi marta 17-yanvar kuni «Brentford»ni 2:0 hisobida mag'lub etganida gol o'tkazmagan edi.

Shunday qilib, bu seriya o'tgan va joriy mavsumni hisobga olgan holda 20 o'yinga davom etmoqda. «Chelsi»ning bunday uzoq muddatli gol o'tkazish seriyasi ingliz chempionatida 65 yildan ortiq vaqt davomida - 70-yillarning boshidan beri bo'lmagan. Qiziq, lekin keyingi turda «Chelsi» aynan «Brentford» bilan o'ynaydi.