Arsenal bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning to‘rtinchi turidagi «Sanderlend»ga qarshi o‘yinning natijalarini muhokama qildi.
Londondagi jamoa safarda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
- Yana g‘alaba qozonganimizdan juda xursandman. Bizda juda qiyin hafta o‘tdi: «Chelsi», «Napoli»ga safarda, endi esa yana bir qiyin raqib qiyin stadionda. Ammo biz yana g‘alaba qozondik, - dedi Arteta o‘yindan so‘ng.
«Arsenal» ikkita golni ham ikkinchi taymda urdi. To‘rt turdan so‘ng londondiklar 12 ochko to‘plab, Angliya chempionati jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. «Manchester Siti» esa uch ochko ortda, lekin ularda bir o‘yin zaxirasi bor.
