«Arsenal» o'z muxlislarini «Sanderlend» ustidan 2:0 hisobida g'alaba bilan xursand qildi. Gollarni Buno Gimaraes va Bukayo Saka kiritdi.
Statistika mutaxassislari Squawka tomonidan ta'kidlanishicha, «Arsenal» o'z tarixida to'rtinchi marta Premier-ligani to'rt g'alaba bilan boshladi. Bunga avval 2003/2004, 2004/2005 va 2022/2023 yillarda erishilgan.
Qiziq, agar ushbu mavsumlar natijalariga qarasak, faqat 2003/2004 yilgi mavsumda «Arsenal» chempion bo'lgan. Bu «kanonirlar»ning Angliya chempionatini mag'lubiyatsiz o'tgan holatidir.
2004/2005 va 2022/2023 yillarda esa «Arsenal» APLda ikkinchi o'rinda tugatgan.
