«Manchester Yunayted» chap qanot himoyachisi «Bornmut»dan Adrien Tryufferga qiziqmoqda.

«Qizil iblislar» uzoq vaqt davomida Lyuiz Hollni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilishdi, ammo u oxir-oqibat «Nyukasl» bilan shartnomasini uzaytirdi. TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, endi chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun asosiy variant sifatida aynan Tryuffer ko'rsatilmoqda. «Manchester Yunayted» fransuzni qishki transfer oynasida sotib olishni xohlaydi, lekin yozgi transfer variantlari ko'proq real ko'rinmoqda.

«Bornmut» klubida Adrien Tryuffer bilan xayrlashishni xohlamaydilar va uning narxi 60 million funt sterling (taxminan 70 million evro) deb belgilangan. 24 yoshli futbolchining «vishnilar» bilan shartnomasi 2030 yilgacha davom etadi.