«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Joao Pedroni Karim Benzema bilan taqqosladi.
Ispaniyalik mutaxassis fransuz forvardini Realda birga o'ynagan davridan taniydi.
«Joao Pedro menga Benzemani eslatadi. U jarima maydonida va uning tashqarisida juda yaxshi, chap qanotga siljishlarda, bosh bilan o'yinda, aqlli va ko'p qirralik o'yinchi», – deydi Alonso Madrid Xtra nashriga bergan intervyusida.
24 yoshli braziliyalik hozirgi mavsumda «ko'klar» safida to'rt o'yinda ikki gol va ikki assist yozdirgan. Yaqinda u Angliya Premer-ligasida avgust oyining eng yaxshi o'yinchisi mukofotiga sazovor bo'ldi.
