Nemis yoshlar terma jamoasi va «Shtutgart» himoyachisi Finn Yelch bir qator evropalik klublarning e'tiborini tortdi. Bu haqda insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida aytilgan.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, istiqbolli futbolchini Londonning «Arsenal», «Liverpul», «Manchester Yunayted», Myunxenning «Bavariya» va Turinning «Yuventus» klublari sotib olishga qiziqish bildirmoqda.
«Shtutgart» esa o'z futbolchisini sotishdan taxminan 50 million evro daromad olishni rejalashtirmoqda.
Hozirgi Bundesliga mavsumida Finn ikki o'yinda qatnashdi. Himoyachi bitta golli uzatma berdi va sariq kartochka oldi.
20 yoshli futbolchining shartnomasi 2030 yilning iyun oyigacha amal qiladi. Yelchning bozor narxi 35 million evro deb baholanmoqda.
