«Liverpul» yarimhimoyachisi Alekis Mak Allister ingliz klubida baxtli ekanligini tan oldi.

- Men «Liverpul»ni sevaman va bu klubni ham. Bu yerda bo'lishni yoqtiraman, muxlislarni ham sevaman. Ba'zan futbolchi bir klubda juda ko'p vaqt o'tkazib, qayerda ekanligini unutishi mumkin. Bunday holat men bilan sodir bo'lmaydi. Men bu ajoyib klub ekanligini, bu shaharning o'ziga xosligi borligini yaxshi tushunaman va, albatta, bu yerda bo'lishni yoqtiraman, - dedi Mak Allister Fabrizio Romano sahifalarida.

Mak Allister 2023 yil yozida «Liverpul»ga «Braiton»dan o'tdi. Transfer Mersisayd jamoasiga 35 million funtga tushdi va argentinalikning shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.