Dortmundning «Borussiya» klubining qanot himoyachisi Daniel Svensson Angliya Premer-ligasida karerasini davom ettirishi mumkin.

Fussballdaten ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli shved futbolchisi bilan «Arsenal» va «Manchester Yunayted» qiziqmoqda. Shuningdek, futbolchiga italiyaning ikki klubi «Milan» va «Yuventus» ham nazar solmoqda.

Shu bilan birga, manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Borussiya» himoyachisi uchun 35-40 million evrodan kam takliflarni ko'rib chiqmaydi.

Joriy mavsumda Svensson barcha musobaqalarda to'rt o'yinda maydonga tushdi, bir gol urdi va bir assistga ega bo'ldi.

Shved himoyachisining «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha davom etadi.