Avvalgi «Manchester Yunayted» qanot o'yinchisi Jadon Sancho boshqa Angliya Premier Ligasi klubiga o'tishi mumkin. 

TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi hozirda ikki APL klubi bilan muzokara olib bormoqda. Shuningdek, ingliz futbolchisi uchun avval o'ynagan Dortmundning «Borussiya» klubi ham qiziqish bildirmoqda. 

Shuningdek, Sancho uchun Turkiya, Saudiya Arabistoni va BAA klublari ham kuzatib borayotganligi ta'kidlanmoqda. 

Yozgi transfer oynasida Sancho «Manchester Yunayted»ni erkin agent sifatida tark etdi. Hozirga qadar o'yinchi yangi jamoa topa olmadi.

Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining qiymati 18 million evro deb baholanmoqda.