«Manchester Siti» forvardi Erling Holand, bo'sh vaqtida Chesirdagi uyida o'tin kesish bilan shug'ullanishni yoqtirishini tan oldi. 

«Bu yerda sehr sodir bo'ladi. Men o'tin kesaman va uni yoqaman. Bu menga ruhiy tinchlik beradi, shuning uchun buni yoqtiraman. O'tin kesish, uni yoqish va yolg'iz dam olish.

Bu menga juda yordam beradi, ongimni tozalaydi. Shuning uchun, men uyda bo'lganimda buni qilaman. Olovga qarash haqiqiy tinchlik keltiradi. Bu mening eng sevimli ko'rinishlarimdan biri. Tabiyat — bu hayot.

Odamlar men hazil qilayotganimni o'ylashadi, lekin aslida men buni qilaman. Men buni o'zimni eslaganimdan beri qilaman», - dedi norvegiya futbolchisi YouTube kanalida.