Belygiyalik yarim himoyachi Nikolash Raskin, huquqlari Shotlandiyaning «Reyndjers» klubiga tegishli, Angliya Premer-ligasi klublari orasida katta qiziqish uyg'otmoqda.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli yarim himoyachini «Kristal Pelas», «Tottenhem», «Lids» va «Nottingem Forest» klublari sotib olishni xohlaydi. O'tgan yozda Raskinni turk «Beshiktas» klubi olishni rejalashtirgan edi, lekin shartnoma amalga oshmadi.
Nikolash 2023 yil yanvaridan buyon «Reyndjers» klubida o'ynaydi. Belgiyalikning mehnat shartnomasi 2028 yil may oyining oxirigacha amal qiladi. O'yinchining transfer narxi 17 million evroga baholanmoqda.
