Eks-«Chelsi» yarimhimoyachisi Djo Koul, «ko'klar»ning «Arsenal»ga qarshi derbidagi (1:2) mag'lubiyatidan so'ng, o'zining sobiq klubi qanday qilib Kayi Xaverzni 2023 yilda qo'yib yuborganini tushunmasligini aytdi.

«Siz har kuni Xaverzni ko'rasiz. Men murabbiylar kelib-ketishini tushunaman, lekin rahbariyat qayerda edi? «Chelsi» Xaverzni sotgandan keyin yangi hujumchini izlash uchun qancha pul sarflaganini ko'ring. Menimcha, bu davom etishi mumkin emas. Bunday holat «Manchester Yunayted»da Ferguson davrida yoki «Arsenal»da Venger davrida bo'lmagan», — dedi Koul Premier League Productions efirida.

2023 yilda «Arsenal» Xaverzni «Chelsi»dan 75 million evroga sotib oldi. Premier-liganing uchinchi turida «ko'klar» «kanonirlar»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Xaverz o'z hisobiga bir gol qo'shdi. 

Yangi mavsumda nemis hujumchisi barcha musobaqalarda to'rt uchrashuvda uchta gol urdi.