19 yoshli napadchi Mahamad Sangare ingliz «Manchester Siti» klubini tark etdi. Iqtidorli futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida faoliyatini davom ettiradi.
Sangarening yangi jamoasi «Al-Qadisiya» bo'lib, bu haqda klubning matbuot xizmati ma'lum qildi. Tomonlar 2029 yilning o'rtasigacha mo'ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolashdi.
Shuni ta'kidlash joizki, forvard 2025 yil yozida «Manchester Siti»ga erkin agent sifatida «PSJ»dan o'tgan. U asosiy jamoada hech qanday o'yin o'tkazmagan.
Saudiya chempionatining besh turidan so'ng «Al-Qadisiya» 12 ball to'pladi. Jamoa turnir jadvalida uchinchi o'rinda turibdi.
