Londonning Arsenal jamoasi bosh murabbiyi Mikel Ariteta 16 yoshli Maxs Doumanning asosiy jamoada o'yin tajribasining yo'qligini tushuntirdi.
Ushbu mavsumda futbolchi «kanonirlar»ning asosiy tarkibida bir marta ham maydonga tushmadi.
«Men uning biz bilan bo'lishini xohlar edim, lekin ro'yxatdagi joylar cheklangan. Unga hali o'z imkoniyati beriladi, o'yin vaqtini oladi, lekin bu imkoniyatni qozonishi kerak – boshqa barcha o'yinchilar kabi. Biz uning qanchalik iste'dodli ekanligini bilamiz. U rivojlanishda davom etishi va jamoaga yordam berishi uchun hamma narsani qilishimiz kerak», – deydi Ariteta so'zlarini jurnalist Connor Hamm yetkazdi.
Bugun soat 22:00 da Arsenal va Ipswich o'rtasida Angliya kubogi o'yini boshlanadi.
