«Arsenal» futbolchisi Martin Edegor «Chelsi» ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi. APLning 7-turida bo'lib o'tgan uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi.

«Bu kuchli raqibga qarshi juda muhim o'yin edi. Bizga haqiqatan ham qiyin bo'ldi, lekin oxir-oqibat muvaffaqiyatga erishdik. Bizning maqsadimiz - kurashni davom ettirish. O'yin boshida gol o'tkazib yuborish yaxshi senariy emasdi, lekin biz juda yaxshi javob berdik. Ikkinchi taymda yaxshiroq o'ynadik va harakatlarimiz uchun mukofotlandik. Bugun biz o'z klassimizni ko'rsatdik. Natija buni tasdiqladi», - deydi futbolchi Sky Sportsga.

Xaverz bilan hamkorlik haqida:

«U juda aqlli futbolchi va ajoyib ochilishlar qiladi. U himoyachilarning e'tiborini o'ziga jalb qiladi. U qochish harakatini qilganda, men chuqurdan qo'shilganimda, har doim bo'sh qolaman. Bu ajoyib gol edi».

«Arsenal» va «Manchester Siti» 9 ochko bilan chempionatning etakchilaridir.