Londondagi «Arsenal» braziliyalik hujumchi «Real» Rodriyoni kuzatmoqda. Bu haqda Topskills Sports UK xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «kanonirlar» Rodriyoning kelajagi «Real»da hali ham noaniq ekanligini hisobga olib, vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. O'yinchining jarohatidan keyin qaytishi dekabr oyida kutilyapti.
Bundan tashqari, «Arsenal» vaziyatni kuzatayotgan yagona klub emasligi ta'kidlanmoqda.
Rodriyo «Real»da 2019 yildan beri o'ynaydi. Ushbu mavsumda 25 yoshli hujumchi hali birorta o'yinda maydonga tushmadi.
Braziliyalik futbolchining «qaymoqli» klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyigacha davom etadi.
