«Aston Villa» shanba kuni muxlislarini xursand qilmadi – «Hull City»ga qarshi o‘tkazilgan Premier Liga o‘yini 0:0 hisobida yakunlandi. Hozirda «villanlar» 17-o‘rinda bo‘lib, ularning hisobida bitta ochko va 0:5 hisobida gol farqi mavjud. 

Qiziq, o‘tgan mavsumda ham «Aston Villa» APLning uchta boshlang‘ich turidan birortasida ham gol urmagan edi. 

Opta mutaxassislari ma'lumotlariga ko‘ra, ingliz oliy divizionida avval faqat bitta jamoa ikki mavsum ketma-ket uchta boshlang‘ich turda gol urmasdan o‘tgan. Bu jamoa 1969/1970 va 1970/1971 mavsumlarida «Ipswich» bo‘lgan. 

O‘tgan mavsumda «quruq» boshlanish «Aston Villa»ga to‘rtinchi o‘rinda bo‘lishga va Chempionlar Ligasi saralashiga chiqishga to‘sqinlik qilmadi.