Gollandiyalik hujumchi Doniell Malen «Roma»dan Angliya Premer-ligasining eng yaxshi klublaridan biriga o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilgan.

Manbaning xabariga ko‘ra, 27 yoshli hujumchini Manchester Siti, shuningdek, Londondagi Arsenal va Chelsi kuzatmoqda. Rim klubi o‘z o‘yinchisi uchun 60-65 million evro narx belgilagan. Transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin.

Hozirgi mavsumda Italiya chempionatida gollandiyalik futbolchi to‘rt uchrashuvda maydonga tushib, olti gol urdi. Malenning Rim klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyining oxirida tugaydi.