«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karriq jamoaning hujumchisi Benyamin Sheshko haqida fikr bildirdi.
- Ben doimiy ravishda o'zining jismoniy holatini yaxshilamoqda. U biroz dam olish imkoniyatiga ega bo'ldi va bu muhim edi. Hozir asosiy maqsad - qaytalanishlarsiz oldinga harakat qilish va unga iloji boricha uzoqroq sog'lom qolish imkonini berishdir. O'tgan mavsumda u katta taraqqiyotga erishdi. U hali ham yosh, moslashishda va rivojlanishda davom etmoqda, shuning uchun oldinda ko'p narsalar bor, - dedi murabbiy BBCga.
«MYU» yangi APL mavsumida ikki o'yinda uch ochko to'pladi va turnir jadvalida o'ninchi o'rinda turibdi. Sheshko hali gol urmagan.
