«Manchester Yunayted»ning bosh murabbiyi Maykl Karriq Angliya chempionatidagi «Fulhem» bilan bo'lib o'tgan o'yin natijasini izohladi. APLning beshinchi turidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
«Menimcha, biz bu o'yinni yutishimiz kerak edi va g'alaba uchun yetarlicha imkoniyatlar yaratdik. Biz bir gol o'tkazib yubordik, shundan so'ng: «Bugun bizning kunimiz emas» deb o'ylash mumkin. Lekin bizning reaksiyamiz menga juda yoqdi. O'yin oxirida g'alabani qo'lga kiritishimizga yaqin edik. O'yin qanday rivojlandi va qanday tugadi - bu biz uchun ijobiy jihat», - deydi murabbiy BBCga.
Jamoa passiv harakat qilgani haqida savolga Karriq shunday javob berdi:
«Men bunday o'ylamayman. Siz biz passiv edik deb o'ylaysizmi? Futbol murakkab o'yin. Birinchi taymda biz ko'p jihatdan o'yin ustidan nazoratni qo'lga oldik. Bu Premier-liga, va ba'zan siz hamma narsani to'liq nazorat qila olmaysiz. Jamoaning butun uchrashuv davomida to'liq ustunlik qilishi kutilmaydi».
«Manchester Yunayted» 5 ochko bilan turnir jadvalida o'n ikkinchi o'rinda turibdi.
