«Nyukasl» himoyachisi Lyuiz Xoll yaqin kunlarda shartnomani uzaytirish taklifini olishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «sorokalar» Xoll bilan yangi katta shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlashga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ingliz klubi 21 yoshli futbolchining maoshini «Manchester Yunayted»dan kelayotgan qiziqish fonida sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq xabar berilgan, «qizil shaytonlar» Xollni 2027 yilda sotib olishga harakat qilishadi.
Hozirgi mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda uchta o'yinda ishtirok etdi, ammo natijaviy harakatlar bilan ajralib turmadi.
