Qanot himoyachisi «Real Sosiadad» Xon Aramburu Angliya Premier Ligasi karerasini davom ettirishi mumkin.
TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi «Liverpool» va «Manchester Siti» ro'yxatlarida. O'yinchi APL gigantlarini birga bir vaziyatlarda o'zining mahorati va hujumga yaxshi qo'shilish qobiliyati bilan hayratda qoldirdi. Shuningdek, Aramburu himoyaning ikkala qanotida ham o'ynay oladi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, venesuelalik futbolchining «Real Sosiadad» bilan shartnomasida 58,3 million evro miqdorida to'lov shartlari belgilangan. Himoyachiga «Tottenhem», «Nyukasl» va «Everton» ham qiziqish bildirmoqda.
Hozirgi mavsumda Aramburu Ispaniya chempionatida yetti o'yinda maydonga tushdi va gol urish bilan ajralib turmadi.
