Bivshiy ingliz futbolchisi Jaymi Karrajer Londonning «Arsenal» klubining transfer bozoridagi faoliyati haqida fikr bildirdi.
«Kanonirlar» Madridning «Real» klubidan Vinisius Junyor va «Atletiko»dan Julian Alvarezni qo'shib olishga harakat qilishdi, ammo hech birini o'zlariga torta olishmadi.
«Arsenal»ga hamma narsani o'zgartiradigan bir o'yinchi kerak edi. Vinisius va Alvarez, ularni qo'shib olishni xohlaganlar, aynan shunday darajadagi o'yinchilar. Hozirgi «Arsenal»ni kuchaytirish juda qiyin, chunki jamoa allaqachon juda kuchli. Bunday jamoani yaxshilash uchun faqat jahon darajasidagi o'yinchi kerak. Hozirda mavjud bo'lgan o'yinchilar darajasidagi futbolchilarni qo'shib olishning hech qanday ma'nosi yo'q.
Hozir «Arsenal»da besh yoki olti hujumchi bor, ularni men yettita yoki sakkizta deb baholardim. Ular to'qqiz yoki o'n ballik o'yinchini qo'shib olishni xohlagan, lekin buni amalga oshira olmadilar», - deb keltiradi Arsenal News Channel Karrajerni.
Mikel Arteta jamoasi yangi Premier-liga mavsumini ikki g'alaba bilan boshladi.
