«Chelsi»ning qanot o'yinchisi Estevao Viliyan o'z o'rni uchun xavotirda. Braziliyalik o'z atrofidagi odamlarga, Xabi Alons boshqaruvida muntazam o'yin amaliyotidan mahrum bo'lishidan qo'rqishini aytgan, deb xabar beradi ESPN Brasil. 19 yoshli futbolchi markazga yaqin pozitsiyada o'ynashni afzal ko'radi, chunki qanotda jismoniy tayyorgarlik talablari ko'proq. U mushak massasini orttirish uning odatdagi yengillikdan mahrum bo'lishiga va texnikaga asoslangan o'yin uslubidan voz kechishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi.
Estevao Londonda yashashidan qoniqmoqda va «Chelsi»ni tark etishni xohlamaydi, lekin agar Alons uni maydonga kamdan-kam chiqaradigan bo'lsa, yanvar oyida transfer so'rashi mumkin. Joriy APL musobaqasida Estevao ikki o'yinda jami yetti daqiqa o'ynadi, «Luton»ga qarshi Liga kubogidagi o'yinda esa asosiy tarkibda maydonga tushib, 80-daqiqada almashtirildi.
