«Chelsi» sobiq «Liverpul» yarimhimoyachisi Jorjino Veynaldum bilan shartnoma tuzishga yaqin. U hozirda erkin agent hisoblanadi.
El Chiringuito TV ma'lumotlariga ko'ra, londondagi klub 35 yoshli gollandiyalik bilan bir yillik shartnoma bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Shartnoma yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin. Manbaning xabariga ko'ra, kelishuv taxminan 90% tayyor.
Veynaldum «Al-Ittifaq» bilan shartnomasi tugagandan so'ng, klubdan ayrilgan. Saudiya jamoasi o'yinchini o'tgan mavsum oxirida qo'yib yuborishga qaror qildi. Saudiya Arabistoniga ko'chishidan oldin, gollandiyalik Liverpul, «PSJ» va boshqa bir qator klublarda o'ynagan.
