O'tgan turda ingliz chempionatida Londondagi «Arsenal» klubi «Aston Villa»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Ispaniyalik darvozabon David Raya uchun bu «kanonirlar» safida APLda o'tkazilgan 50-chi «quruq» o'yin bo'ldi - u jami 109 ta o'yinda qatnashdi.
Eslatib o'tamiz, Raya klubga 2023 yilda qo'shilgan va shu uch yil ichida ingliz chempionatining boshqa darvozabonlari bunday yuqori ko'rsatkichlarga erishmagan.
Keyingi turda «Arsenal» mahalliy raqibi «Chelsi» bilan o'yin o'tkazadi.
