Madridning Real jamoasining qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold tumanli Albionga qaytishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur ma'lum qildi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 27 yoshli ingliz qanot himoyachisi hozirgi APL chempioni Arsenalning diqqat markazida. «Kanonirlar» himoya flangini kuchaytirish uchun Ben Uaytning jarohatlari sababli yangi o'yinchi qidirmoqda.
Avvalroq matbuotda Trentni qaytarish niyatida Liverpul ham borligi haqida xabar berilgan edi.
Aleksander-Arnoldning narxi 60 million evro deb baholanmoqda. Himoyachi va «sliychlar» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2031 yil iyun oyining oxirida tugaydi.
