Madridning «Atletiko» va Ispaniya terma jamoasining himoyachisi Markos Lyorente boshqa bir top-klub La Ligada – kataloniyalik «Barselona»ning qiziqish doirasida. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Shuningdek, 31 yoshli futbolchini Myunxenning «Bavariya», Londonning «Chelsi», «Liverpul» va «Manchester Siti» ham kuzatmoqda.

«Atletiko» äzolari Lyorente bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar o'tkazishni rejalashtirmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yilning yozida tugaydi. Markosning transfer narxi 20 million evro deb baholanmoqda. Himoyachi «matraschilar» safida 2019-yilning yozidan beri o'ynaydi.