Matbuotda ilgari «Manchester Siti» himoyachisi Rayan Ait-Nuri «Manchester Yunayted»ni qiziqtirayotgani haqida ma'lumot paydo bo'ldi.
Shuningdek, «Manchester Yunayted» futbolchi haqida so'rov yuborgani xabar qilingan. Mashhur jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, «Manchester Siti» futbolchini sotmoqchi emas. Klubda futbolchining jamoada qolishini va transfer oynasi yopilguncha klubni o'zgartirmasligini kutishmoqda.
Rayan Ait-Nuri 2025-yil yozida «Vulverhempton»dan «Manchester Siti»ga o'tgan. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2030-yilning o'rtalarigacha davom etadi va chap himoyachining bozor qiymati 40 million evroga baholanmoqda.
