Avvalgi «Shtutgart» himoyachisi Borna Sosa «Kol'n» jamoasiga o'tdi. 28 yoshli xorvat «Kristal Pelas» dan 2026-27 mavsum oxirigacha ijaraga olingan, deb xabar bermoqda Goal.

Shartnomada sotib olish opsiyasi yo'q. O'tgan mavsumda Sosa ingliz klubida barcha musobaqalarda 18 ta o'yin o'tkazib, 842 daqiqa o'yin vaqtini sarfladi.

«Shtutgart»da himoyachi 2018 yildan 2023 yilgacha faoliyat yuritib, 115 ta o'yinda 5 ta gol urdi va 35 ta golli uzatma berdi.

Avvalroq, Transfermarkt portali bo'yicha 3 million evro qiymatga ega bo'lgan futbolchi «Ayaks» va «Torino» jamoalarida ham o'ynagan. Sosa Xorvatiya terma jamoasi safida 27 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.