«Monako» hujumchisi Folarin Balogunning «Everton»ga o‘tishi bitimning oxirgi bosqichida xavf ostida qolmoqda.

RMC Sport jurnalisti Fabris Xokinsning xabariga ko‘ra, 25 yoshli AQSh terma jamoasi futbolchisi ingliz klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan. Tibbiy ko‘rik natijalari tufayli transfer endi amalga oshmasligi mumkin.

Avvalroq «Everton» va «Monako» Balogunning o‘tishi bo‘yicha shartlarni to‘liq kelishib olgan edi. Ingliz klubi 45 million evro to‘lashga majbur bo‘lgan, yana besh million bonus sifatida belgilangan edi.

Balogun 2023 yil yozidan beri «Monako»da o‘ynaydi. Uning shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.