Markaziy himoyachi «Tottenhem» Kevin Danso «Sanderlend»ga o‘tdi.
«Qora mushuklar» 27 yoshli futbolchini o‘zining rasmiy saytida ijaraga olishini e’lon qildi. Shartnoma mavsum oxirigacha amal qiladi. Agar «Sanderlend» joriy kampaniyadan so‘ng Premier-ligada o‘z o‘rnini saqlab qolsa, 22 million funt sterling (25,6 million evro) miqdorida majburiy sotib olish shartnomasi kuchga kiradi.
O‘tgan yil Kevin Danso fransuzning «Lans» klubidan «Tottenhem»ga 25 million evro evaziga o‘tgan edi va avvalgi mavsumda «shporlar»da ijarada o‘ynagan. Avstriyalik futbolchi London jamoasida jami 52 ta o‘yinda maydonga tushgan.
