Markaziy himoyachi Teylor Harvud-Bellis «Aston Villa» bilan shartnoma imzoladi. Futbolchining «Southampton»dan o‘tishi haqida «villanlar»ning matbuot xizmati rasmiy saytida e’lon qildi.

«Manchester City» tarbiyalanuvchisi uzun muddatli mehnat shartnomasini Birmingem jamoasi bilan tuzdi. Mish-mishlarga ko‘ra, «Southampton» himoyachi uchun 35 million evro olgan.

O‘tgan mavsumda 24 yoshli futbolchi Chempionshipda 41 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq «villanlar» 18 yoshli qanot o‘yinchisi Ibraim Mbayening fransuz «PSJ»dan o‘tishi haqida e’lon qilgandi.